«sud hukmi» tegli maqolalar


Sportchi Elbek Rahimovning o‘limi bilan bog‘liq ish bo‘yicha sudlanuvchilarga hukm o‘qildi
5 may 2022, 20:48

Sportchi Elbek Rahimovning o‘limi bilan bog‘liq ish bo‘yicha sudlanuvchilarga hukm o‘qildi

Qarshida sportchi Elbek Rahimovning o‘limi bilan bog‘liq jinoyat ishi bo‘yicha sud hukmi o‘qildi. 26 nafar ayblanuvchi orasida uch nafar voyaga yetmagan bola va uch nafar ichki ishlar organlari xodimi ham bor. Ulardan 19 nafari 3 yildan 20 yilgacha muddatga ozodlikdan mahrum etildi. Ayblanuvchilar moddiy va ma’naviy zararni ham qoplashlari shart.

Jizzax viloyati hokimining sobiq o‘rinbosari 7,5 yilga qamaldi
29 dekabr 2021, 17:19

Jizzax viloyati hokimining sobiq o‘rinbosari 7,5 yilga qamaldi

Jizzaxdagi bino qulashi ortidan viloyat hokimining ishdan bo‘shatilgan o‘rinbosari Akram Rahmonqulov bir qancha jinoyatlarni sodir etganlikda aybdor deb topildi. Unga 7 yil 6 oyga ozodlikdan mahrum qilish va 111,5 mln so‘m jarimaga tortish jazosi tayinlandi. Jinoyat ishi doirasida jami 27 kishi, jumladan, Akram Rahmonqulovning to‘rt nafar ukasi va o‘g‘li javobgarlikka tortildi.

Qibrayda besh kishini o‘ldirgan 24 yoshli qotil bir umrga qamaldi
17 dekabr 2021, 09:33

Qibrayda besh kishini o‘ldirgan 24 yoshli qotil bir umrga qamaldi

Iyul oyida Toshkent viloyati Qibray tumanida bir oilaning to‘rt a’zosi (ota, ikki qizi va o‘g‘il) hamda uyda ishlagan quruvchini o‘ldirgan qotilga umrbod qamoq jazosi tayinlandi. U maxsus tartibli koloniyada jazo o‘taydi.

Metroda 13 yoshli qizga tegajog‘lik qilgan shaxsga ahloq tuzatish ishlari tayinlandi
7 dekabr 2021, 09:35

Metroda 13 yoshli qizga tegajog‘lik qilgan shaxsga ahloq tuzatish ishlari tayinlandi

Sud metro vagonida 13 yoshli qizga nojo‘ya harakatlar qilgan shaxsni aybli deb topib, unga nisbatan 2 yil ahloq tuzatish ishlari jazosini tayinladi.

8 sinf o‘quvchisi bilan jinsiy aloqa qilgan jismoniy tarbiya o‘qituvchisi va uning sheriklariga hukm o‘qildi
12 noyabr 2021, 17:18

8 sinf o‘quvchisi bilan jinsiy aloqa qilgan jismoniy tarbiya o‘qituvchisi va uning sheriklariga hukm o‘qildi

Toshkentda 15 yoshli maktab o‘quvchisi bilan jinsiy yaqinlik qilgan jismoniy tarbiya o‘qituvchisi va uning ikki nafar sherigi ushbu jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topildi. Sud o‘qituvchini 4 yilga, uning sheriklarini esa 2 yilga ozodlikdan mahrum etdi.

Otabek Sattoriy ishi: sud hukmi o‘z kuchida qoldirildi
15 iyul 2021, 12:10

Otabek Sattoriy ishi: sud hukmi o‘z kuchida qoldirildi

Apellyatsiya sudi avvalroq 6,5 yilga ozodlikdan mahrum qilingan surxondaryolik bloger Otabek Sattoriy uchun jazo muddatini o‘z kuchida qoldirdi. Blogerga ikkita uyi qaytariladi.

«Sardoba ishi» bo‘yicha 17 nafar mansabdorga nisbatan sud hukmi e’lon qilindi
10 may 2021, 19:45 1

«Sardoba ishi» bo‘yicha 17 nafar mansabdorga nisbatan sud hukmi e’lon qilindi

«Sardoba ishi» bo‘yicha sud hukmi e’lon qilindi. «O‘ztemiryo‘lqurilishmontaj» UK bosh direktori o‘rinbosari 10 yil, yana 4 sudlanuvchi 5 yil, bir nafari 4 yilga qamaldi. 3 kishiga ozodlikni cheklash va jarima jazolari tayinlandi.

Bloger Otabek Sattoriy 6 yarim yilga qamaldi
10 may 2021, 17:53

Bloger Otabek Sattoriy 6 yarim yilga qamaldi

Surxondaryolik bloger Otabek Sattoriyga nisbatan sud hukmi o‘qib eshittirildi. U JKning ikkita moddasi bo‘yicha oqlandi, biroq tuhmat va tovlamachilik moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybdor deb topildi. Sud unga 6 yil 6 oyga ozodlikdan mahrum qilish jazosini tayinladi. Uning advokati esa apellyatsiya shikoyatini berishini ma’lum qildi.

Samarqandda xotini va uning o‘ynashini o‘ldirgan erkak 22 yilga qamaldi
25 fevral 2021, 14:49

Samarqandda xotini va uning o‘ynashini o‘ldirgan erkak 22 yilga qamaldi

Samarqandda xotinini xiyonatda gumonsirab, uni va u bilan bo‘lgan erkakni savdo markazida pichoqlab o‘ldirgan fuqaroga 22 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

Sud hukmi ustidan apellyatsiya shikoyatlarini berish muddatlari uzaytiriladi
22 dekabr 2020, 15:12

Sud hukmi ustidan apellyatsiya shikoyatlarini berish muddatlari uzaytiriladi

Instansiya sudining hukmi va ajrimi ustidan apellyatsiya tartibida shikoyat berish muddati 10 kundan 20 kunga, fuqarolik, ma’muriy va iqtisodiy ishlar bo‘yicha esa 20 kundan 1 oyga qadar uzaytirilmoqda.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting